Umumiy fizika

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

2021 yilda «Umumiy fizika» kafedrasi tashkil topgan. Kafedrada 3 ta professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent o‘qituvchi va 3 ta tayanch doktorant faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 50 %. «Umumiy fizika» kafedrasi 60530500 - Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada «70530501 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.
"Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1. Muhitlarni molekulyar spektroskopiya asosida tadqiq etish - prof. B.T.Qo'yliyev. 2. Geliofizik tadqiqotlar - prof. B.E.Xayriddinov. 3. Fizika o'qitish metodikasi - dotsent. G.S.Uzoqova. Kafedradagi yosh tadqiqotchilar: 1. Nekboyev Asqar - 01.04.05-Optika. ""Atrof muxitning vodorod bog‘lanishli klasterlarning tuzilishi va tebranma spektrlariga ta’siri"" 2. Salomov Umid - 01.04.05-Optika. ""Organik krasitellarda ichkimolekulyar elektron jarayonlarni spektral namoyon bo‘lishi"" 3. Botirov Hayot - 01.04.05-Optika. “Lazer nuri ta’sirida mikro-strukturaviy muhitlarda ikkilamchi nurlanish” 4. Qurbonova Nafisa - 01.04.05-Optika. “Platina asosli tibbiy dori vositalarini DNK bilan o‘zaro ta’sirini spektral namoyon bo‘lishi” 5. Umarova Saida - 01.04.10-Yarimo'tkazgichlar fizikasi. Paxta va ipak tolalarining elektrofizik xossalariga tashqi omillarning ta'siri. 6. Xo‘jamberdiyeva Jamila - 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Fizika). ""Fizikadan o‘quv materiallarini tarkiblashtirish asosida ta’lim oluvchiilarda o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish metodikasi (Uzluksiz fizika ta’limi misolida)"""
"Kafedra O‘zR FA Astronomiya instituti, Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti “Optika va spektroskopiya” kafedrasi, O‘zbekiston Milliy universitetining ""Fotonika"" kafedrasi, Ion-plazma va lazer texnologiyasi va ko‘pgina Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari kafedraning MDH mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari ham mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari Sankt-Peterburg davlat universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar chop ettirishmoqda va tashrif buyurishib darslar o‘tmoqda. 2024-2025 o‘quv yilida Kiyev Milliy universiteti professori I.Y.Doroshenka hamda dotsentlar A.P.Naumenko, V.S.Kudryalar ZOOM platformasi orqali talabalarga va yosh olimlarga ma’ruzalar o‘qishmoqda."

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP