Kafedra tarixi
Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi 2021-yil sentabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetida tarkibiy tuzilmasi asosida “Fizika” kafedrasidan ajralib chiqdi. Universitetning 2021-yil sentabrdagi № 1 sonli Ilmiy kengashining qarori va universitet rektorining 413 buyrug‘i bilan “Nazariy va eksperimental fizika” kafedrasi tashkil etildi.
"Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib boradi:
Qattiq jism yuza va yuzaosti sohalarini o‘rganish;
Yupqa nanoplyonkalar olish, elektron va fizik xossalarini o‘rganish;
Kafedra qoshida «Mikro va nanoelektronika» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi Mikro va nanoo‘lchamli plyonkalarni qattiq jismlar sirtida hosil qilish, ularning strukturasi va xossalarini o‘rganish. ""2025- yilda kafedrada xalqaro ilmiy jurnallarda 26 ta, O‘zR OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 8 ta, Scopus va Web of science bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda 7 ta ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan."
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya texnologiya universiteti (Moskva), Radiotexnika va elektronika ilmiy tadqiqot instituti (Moskva), Ozarbayjon Radiatsiya muammolari instituti (Boku),P.Velikiy nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Sejong universiteti (Janubiy Koreya), Belarus milliy texnika universiteti, Ankara universiteti.